shamol by qarz & Hilola Gʻayratova
shamol by qarz & Hilola Gʻayratova

shamol

qarz * Track #10 On faktotum

Download "shamol"

shamol by qarz & Hilola Gʻayratova

Release Date
Fri Oct 17 2025
Performed by
qarz
Produced by
qarz
Writed by
qarz & Hilola Gʻayratova

shamol Lyrics

[«Shamol» qoʻshigʻi matni]

[Koʻplet 1: qarz]
Shamol ortidan yugurgan toʻzondek toʻkilgan barglar nolasi
Sensiz bu dunyo zindondek, sen bilan chiqsin tilka porasi
Yoningda bir soʻz aytolmayman, lek asarlar yozgim bor asli
Yorugʻlikka intilishdan qoʻrqar afsus kuygan yuragim qorasi (Ye)

[Naqarot: qarz]
Bir bora sevgan qalblar naqadar ojiz
Unutishga intilar, taqdirdan qochib
Tiklab boʻlmasa koʻzguni, boʻlsa chilparchin
Yana vaqt imkon beradimi yo ichi achib?
Orqaga qarab yurmasa soat millari
Eshigimni qoqmasa oʻtgan yillarim
Yomgʻir ikkimiz uchun tunda yigʻladi
Yoki sani koʻz yoshlaringmidi? Shuni bilmadim

[Keyingi-naqarot: qarz]
Sochlaringni oʻynatsam, shamolday buzib
Qoʻllaringga teginolsa bir bora yuzim
Tunlari soyang boʻlardim, goʻyo kunduzi
Faqat koʻzlari sanga oʻxshasin, tugʻilsa qizim
Xayollarim soʻnggi paytda har tomon uchar
Atrofimda har bir inson haq oʻzicha
Shimollarga qarab ketsam yana san tomon
Kuchim qolmasa bagʻrimga kel oʻzing, telba shamol

[Koʻplet 2: Hilola Gʻayratova]
Toʻkilgan barglar nolasi, ular kabi vaqtimiz kam
Sovuqdek qalbing soyasi. Muzlaganmi baxtimiz ham?
Afsus va gʻamlarni unutib yoningga borgim kelar ba’zida
Bir soʻz aytmasdan ham bagʻringga kirolsam qalbing derazasidan
Tomirlaringda oqqan qon kabi tanang boʻylab keladi yugurgim
Muhim emas-ku endi qolgani, bag’ringga bos, tashvishni unutgin
Egnimdagi koʻylagim tebratib, qoʻllarimdan tutsang ohista
Yolgʻiz payting kel yonimga, qaytib, bilmay qidirsang nimadir istab

[Koʻprik: Hilola Gʻayratova]
Javobi yoʻq goʻyo savollar
Qalbimni qidirgin samoda
Koʻrgim kelsa ham har zamonda
Lekin xayolim oʻgʻirlar shamollar

[Naqarot: qarz]
Bir bora sevgan qalblar naqadar ojiz
Unutishga intilar, taqdirdan qochib
Tiklab boʻlmasa koʻzguni, boʻlsa chilparchin
Yana vaqt imkon beradimi yo ichi achib?
Orqaga qarab yurmasa soat millari
Eshigimni qoqmasa oʻtgan yillarim
Yomgʻir ikkimiz uchun tunda yigʻladi
Yoki sani koʻz yoshlaringmidi? Shuni bilmadim

shamol Q&A

Who wrote shamol's ?

shamol was written by qarz & Hilola Gʻayratova.

Who produced shamol's ?

shamol was produced by qarz.

When did qarz release shamol?

qarz released shamol on Fri Oct 17 2025.

Your Gateway to High-Quality MP3, FLAC and Lyrics
DownloadMP3FLAC.com