[«If qal’asi mahbusi» qoʻshigʻi matni]
[Skit: qarz & Om]
Masofalar olis, qalblarda bor olov
Ichimdagi oruzlar koʻtarganda qoʻzgʻolon
Najot paydo boʻlgani sabab — isitmam oshgani
Yulduzlarga yaqinman, ye
Yulduzlarga yaqinman, ye
A-a, qarz
Aytishadi-ku, agar inson biron nimani chin qalbdan niyat qilsa, butun koinot uni shunga yetishtirish payida boʻladi deb
Bugun sizlar meni orzuimga yetishtirdinglar
Xuddi filmlarimizdagi kabi, hayotimizda ham oxirida hammasi yaxshi yakun topadi
Yaxshi yakun topmasa, demak filmimning hali davomi bor
Ye, a-a, ye
[Koʻplet: qarz]
Qisqasi, yana oʻsha gap
Yozgan musiqam bir piyola choying uchun, goʻyoki shakar
Toshdek tuyilganida yumshoq toʻshagam
Baxtga toʻla qalbing allaqachonlar boʻshagandir (Ey)
Ketmaydimi, yoʻqolib?
Ming xil mayda gap eshitib oʻtirishga yoʻq holim
Nima qilardim, boʻynimga yuklarni koʻp olib?
Yashab oʻtsam boʻladi-ku, «tinch quloq, och qorin» deb
Xafa boʻlma, bagʻriga bosmasa omad
Ranglari oʻchgan bu dunyoda telba rassomman
Tubsizlikda ham topa olgan goʻzal nafosat
Qora qozoning' egallayman, oqarsa kosam
Baxtimni musiqamda topdim deymi?
Xavfli tajriba qildim taqdirim bilan, goʻyo man — Oppengeimer
Atrofim toʻla NPC, toʻgʻrisi, jonga tegdi
Gulxanga oʻtin tashlab, barchasini yoqqim keldi
Hayotga katta talabim yoʻq aslida
Birorta davlat ishida yursam boʻlmasmidi?
Onam havotirda: diplomi yoʻq, kasbi ham
Hamma balo hayotida musiqa dastidanmi?
Ayt, dardlasha olmasam odamlar bilan yuzma-yuz
Kunduzlar tez oʻtib ketgan payt tunlarim ma’yus
Magʻlub boʻlgan damlarimga chekmayman afsus
Bemor boʻlgan yuragimga musiqam afsun
[Naqarot: qarz]
Masofalar olis, qalblarda bor olov
Ichimdagi orzular koʻtarganda qoʻzgʻolon
Najot paydo boʻlgani sabab — isitmam oshgani
Yulduzlarga yaqinman, lek sun’iy yoʻldosh kabi
Oʻzimcha musiqa yozib yuribman, ovunib
Qalblarni birlashtirmasa Nyutonni qonuni?
Soʻzlarim joy topar yurakdan, balki haq boʻlsam
Boylik kutar oldinda If qal’asin' mahbusi'
Masofalar olis, qalblarda bor olov
Ichimdagi orzular koʻtarganda qoʻzgʻolon
Najot paydo boʻlgani sabab — isitmam oshgani
Yulduzlarga yaqinman, lek sun’iy yoʻldosh kabi
Oʻzimcha musiqa yozib yuribman, ovunib
Qalblarni birlashtirmasa Nyutonni qonuni?
Soʻzlarim joy topar yurakdan, balki haq boʻlsam
Boylik kutar oldinda If qal’asin' mahbusi'
if qal’asi mahbusi was written by qarz.
if qal’asi mahbusi was produced by qarz.
qarz released if qal’asi mahbusi on Fri Oct 17 2025.