[«koʻrganim sabr» qoʻshigʻi matni]
[Naqarot]
Qani, endi qaytganida oʻtgan yillarim
Avvalo oʻylab koʻrardim koʻp gapirgani
Kim nima desa ham, doim «xoʻp» deb turardim
Taqdirim choptirmasaydi koʻpkari kabi
Sochim oqargani qolar, kutganim sayin
Oʻzimga ayon boshimdan oʻtganin' ta’mi
Hech boʻlmasa, yorugʻ kunlar qoʻysin jilmayib
Bugungacha faqatgina koʻrganim — sabr
[Koʻplet]
Boshim' qotirma, oʻzi yetarli koʻp dard
Doim omadsizlik mehmondek oʻtiradi toʻrda
Asabim shunchalik gʻazabda, yoqtirmaydi koʻp gap
Zoʻr futbolchi boʻlarmidim, olsam alamim' toʻpdan?
Kuzataman koʻpdan beri — oʻzbek repi ajoyib
Lekin chin dildan eshitolmayman-ku, tan berib
Balki oʻtlar oʻsar, muzlar erib… yo aksincha?
Nimayam qilardim oʻzi, koʻp gapirib?
Qoʻysangchi
Oʻyin shartlari oddiy: barmoqdaysan — koʻrsatgich yo oʻrtancha
Gapingda jon boʻlsin asosiysi, boʻyningda boʻlmasa ham koʻp zanjir
Oʻzingdan ketmaslik uchun, badaning qoʻy sanchib
Birovni ustidan kulish emas, qaygʻuraman chin yurakdan
Balki, bizga olovdek yonganlar kerakdir?
Mani tinglovchi qalb oʻtib boʻlgan elakdan
Yongʻinni oʻchirib boʻlmaydi-ku teshik chelakda
Ortimdan aytilgan ming xil gaplar — bari safsata
Hech kimga nisbatan nafratim yoʻq
Sayoz aql egasiga tugʻdirmayman xavf-xatar
Koʻp kutishga arzimas bu qaytar dunyo
Asosiysi, siyosatim oddiy, oddiy motiv
Oʻzidan ketgan, deb oʻylama hech
Tanqid qilishdan oldin yarata oldim alternativ
Borim' tikdim musiqamga, boʻlsa ham kech
[Naqarot]
Qani, endi qaytganida oʻtgan yillarim
Avvalo oʻylab koʻrardim koʻp gapirgani
Kim nima desa ham, doim «xoʻp» deb turardim
Taqdirim choptirmasaydi koʻpkari kabi
Sochim oqargani qolar, kutganim sayin
Oʻzimga ayon boshimdan oʻtganin' ta’mi
Hech boʻlmasa, yorugʻ kunlar qoʻysin jilmayib
Bugungacha faqatgina koʻrganim — sabr
Qani, endi qaytganida oʻtgan yillarim
Avvalo oʻylab koʻrardim koʻp gapirgani
Kim nima desa ham, doim «xoʻp» deb turardim
Taqdirim choptirmasaydi koʻpkari kabi
Sochim oqargani qolar, kutganim sayin
Oʻzimga ayon boshimdan oʻtganin' ta’mi
Hech boʻlmasa, yorugʻ kunlar qoʻysin jilmayib
Bugungacha faqatgina koʻrganim — sabr
koʻrganim sabr was written by qarz.
koʻrganim sabr was produced by qarz.
qarz released koʻrganim sabr on Fri Oct 17 2025.