[«Atrofim kuz» qoʻshigʻi matni]
[Kirish]
Sovuq shamol yana qoʻllarimni bogʻladi
Ertangi kunimga boʻlgan yorugʻ oruzlarim' qulashi muzlagan osmondagi yulduzlar yogʻdusiga oʻxshaydi
Qiziq…
Hm-m
[Naqarot]
Atrofim kuz va sovuq havo, sargʻaygan barglar
Shoshilar hamon singan yuraklar, qayta emaklab
Tun, qancha oʻy-xayol, bari murakkab
Oʻtkinchi shamol bilmayman qayga yana yetaklar
U hayolimda har oʻtgan soniyam, oʻtkazgan kunim
Koʻraman har gal, koʻz ochib-yumib
Yoʻq oddiy halovat, tinchlikdan asar
Unutolmadim. Charchagan asab, bilaman shuni
[Skit]
Zulmat ichida qolgan tunni najotsiz samo qamrab olgandek, sanga boʻlgan har qanday hissiyotim bepoyon manzillar tomon uchadi
Afsus, yoʻllarimiz tutashmaslik uchun yaratilgandir
[Koʻplet]
Yuragim tubidagi qorongʻu xonadan, qiynaganida xotiram qayta
Aldaganim yoʻq va boricha soʻradim: «Armon» sani isming? Balki aytar
Ancha oldin tuygʻularni koʻmgandim, ba’zi a’zolar hatto chirigan
Bir oʻzim bilsam bagʻrimga singarmi? Dardimni bilsinmi-yu koʻpchiligam?
Hayot qiziq bir sarguzashtdek
Qasd-u alamlar, past-u balandlar
Dengiz tubimi yo choʻl-u dashtdek
Maydan yiroqman-u, mast bu qalamlar
Aytmoqchi boʻlganim uncha qiyinmas
Shunchaki kuzda kelgan bir qaygʻudek
Eski dardlaringni narhi tiyinmas
Yopilgan eshiklar balki mangu berk
[Naqarot]
Atrofim kuz va sovuq havo, sargʻaygan barglar
Shoshilar hamon singan yuraklar, qayta emaklab
Tun, qancha oʻy-xayol, bari murakkab
Oʻtkinchi shamol bilmayman qayga yana yetaklar
U hayolimda har oʻtgan soniyam, oʻtkazgan kunim
Koʻraman har gal, koʻz ochib-yumib
Yoʻq oddiy halovat, tinchlikdan asar
Unutolmadim. Charchagan asab, bilaman shuni
[Skit]
Ba’zan oʻtmishga qaytish yonib turgan choʻgʻlar ustidagi raqsga teng
Balki musiqa qalbingni ovuntirib, qaygʻularing unutarsan
Lekin ovozlar oʻchgandan keyin shunchaki tanangni kuygani qoladi
atrofim kuz was written by qarz.
atrofim kuz was produced by qarz.
qarz released atrofim kuz on Fri Oct 17 2025.