[«Faktotum» qoʻshigʻi matni]
[Koʻplet 1: qarz]
Aniq fanlarga oʻtmadi tishim
Raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman
Haligacha topolmadim ishimni
Pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman
Patnis toʻla idish-tovoq tashuvchisi
Odam toʻla avtobusdagi chiptachi
Tabassumi majburiy ofis ishchisi
Oʻtgan umrimga ketmasa ichim achib (Yoʻq)
Ba’zan yetmaydi shijoatim
Ertangi kunimga boʻlgan ishonchim soʻnib boʻlgandek
Dunyo tuganmas sir-sinoati
Omad qoʻrasidagi koeffitsient nega doim nolga teng?
Marra sari tezroq uchay desam
Yoʻlimda toʻsiqlar chiqar, afsuski yetmishga radardek
Musiqang nima berar deb qotar ensam
Manikidek qalb egasiga nayzadek qadaldim
[Naqarot: qarz]
Bor-u yoʻgʻim asli mana shu
Uzoq yoʻlim asli mana shu
Kerak emas ming xil tanishuv
Choʻqqilardan sakragan qalbinga shu ojiz musiqam boʻlsin parashut, ammo
Bor-u yoʻgʻim asli mana shu
Uzoq yoʻlim asli mana shu
Kerak emas ming xil tanishuv
Choʻqqilardan sakragan qalbinga shu ojiz musiqam boʻlsin parashut, ammo
[Oraliq: qarz, Konsta]
Hayotingni eng muhim ikki kuni mavjud: biri — san dunyoga kelgan kun
Ikkinchisi — nima uchun kelganingni tushungan kuning (Ey, ey)
[Koʻplet 2: Konsta]
Bir, ikki, uch, toʻrt, besh ertalabki
Oyna oldidagi breynshtoʻrm: «Javob ber talabga!»
Muammo kelmaydi bittalab hech
Toʻqsoninchi yillar kimni erkalapti?
Labirint ichidagi har xil yoʻllar — ustozimiz
Перспектива koʻrinmasa, orzu oddiy soʻz emas
Oddiy kir qogʻoz emas bu koʻpletlarim
Uchib ketiladi bu koʻchadan, lekin hozirmas
Universal Pictures, universal kasb
Ishdan qochish yoʻq, halol pulni bersa bas
Ammo koʻcha choʻktiradi oʻz botqogʻida
Maqsadi bor sogʻ odam — gigant, Gulliver sifat
Bir, ikki, uch, toʻrt, beshinchi urinish
Hayot sinovlari laycha qib qoʻyadi boʻrini
Bir, ikki, uchta qadam, nari borsa koʻrinar
Davomi qorongʻu, yurganda koʻrasan borini
Bu oddiy hayot, seniki qiyinmi? Ayt, sen!
Maqsad uchun oʻn ming soat har kuni bu Kaizen
Bu oddiy hayotida обед'ga pul boʻlmasa?
Bizga bu клоун'laring kulgumas-u
Noziklar turayveradi, kimdir «Yur!» demasa
Maqsadi yoʻqlar hayotdayam bir xil turdi, mazza
Biz kelgan joylarda och qolardi, yugurmasa
Bu oddiy hayot, bu bir baza (Baza)
[Naqarot: qarz]
Bor-u yoʻgʻim asli mana shu
Uzoq yoʻlim asli mana shu
Kerak emas ming xil tanishuv
Choʻqqilardan sakragan qalbinga shu ojiz musiqam boʻlsin parashut, ammo
Bu hayot oʻtar bir zumda
Ishonmasang, qara koʻzguga
Yulduzlar aylanib yogʻduga
Millionlar allaqachon asta koʻz yumgan-ku. Tamom!
[Chiqish: qarz]
(Bor-u yoʻgʻim asli mana shu)
(Uzoq yoʻlim asli mana shu)
(Kerak emas ming xil tanishuv)
(Choʻqqilardan sakragan qalbinga shu ojiz musiqam boʻlsin parashut, ammo)
(Bu hayot oʻtar bir zumda)
(Ishonmasang, qara koʻzguga)
(Yulduzlar aylanib yogʻduga)
(Millionlar allaqachon asta koʻz yumgan-ku. Tamom!)