[«xotiralar xazoni» qoʻshigʻi matni]
[Skit: Nosir aka]
Zamon boshqacha boʻldi, zamon
Amaling, puling boʻlsa, hamma poyanga tiz choʻkadi, gaping qilichdek keskir boʻladi
Aqlniyam amal yengadigan boʻldi, doʻstim
[Koʻplet 1: qarz]
Koʻngildan kelganda sado, lek qolmaganida mador
Alam qilarkan yoʻl boshlaganingda kutilmaganda ketsa motor
Ahvoling ogʻir, usti-boshing kir va qanotlar singan (Mm-mm-mm)
Atrofda ikki ogʻiz gap — «Tiriksan», qil qanoat shunga, lek doʻstim
Ayt qachongacha u kunlar kelguncha, bu kunlar oʻtkinchi
«Mana man» degani koʻp, lekin aytib koʻr
Mani ham yoʻlimdan yurib ko’rsinchi, bir koʻraylik
Bu xatlarga uzundan uzun savollarga kelarmikan javob?
Oʻz dardiga qidirgan davo, azob yo’llarda ham olarmikan savob?
Ayt!
[Naqarot: qarz]
Yolgʻizlik jazosimi yo sogʻinch azobi?
Yurak oddiy a’zodir, deyish ham bir tasodif
Yoshligingda intilarding koʻraman deb fazoni
Endi esa shamol titar xotiralar xazoni
Yolgʻizlik jazosimi yo sogʻinch azobi?
Yurak oddiy a’zodir, deyish ham bir tasodif
Yoshligingda intilarding koʻraman deb fazoni
Endi esa shamol titar xotiralar xazoni
[Koʻplet 2: qarz]
Yosh bollardek qarayvergandan osmonlarga
Dardlarim bir kitob, gapirganim bir soʻz boʻlganda
Omadsizlik yoʻli maftun boʻlib yo koʻz qo’yganda
Har kun yaxshi kunlar kelishiga bir oz qolganda
Qoʻy, eslatma, dardim koʻp, oshmas kamim
Qoʻy, tuz sepma bu yaramga oshpaz kabi
Yoʻq, aslo gapirganim koʻzyosh mas hali
Erta-yu kech har doim ham kun botmas axir
Shoshilma nari tur, yoshliging bari klub
Maoshing oshirish uchun boshligʻing bagʻrin oʻp
Boshimni ming marta urib olgan boʻlsam ham
Ishongim kelmaydi doʻstim, negadir bardoshim sabri koʻp
Vaqtni aldadik qochdik, qayerda qoldi yoshlik?
Baxtsiz kunlardan «avans» oldim baxt deb maoshdek
Yuragimni ochib, ming marta mezbon boʻldim lek
Tupurganlarni koʻmib qumga, boʻlib ketdi bagʻrim toshdek
[Naqarot: qarz]
Yolgʻizlik jazosimi yo sogʻinch azobi?
Yurak oddiy a’zodir, deyish ham bir tasodif
Yoshligingda intilarding koʻraman deb fazoni
Endi esa shamol titar xotiralar xazoni
Yolgʻizlik jazosimi yo sogʻinch azobi?
Yurak oddiy a’zodir, deyish ham bir tasodif
Yoshligingda intilarding koʻraman deb fazoni
Endi esa shamol titar xotiralar xazoni
xotiralar xazoni was written by qarz.
xotiralar xazoni was produced by qarz.
qarz released xotiralar xazoni on Fri Mar 21 2025.