Xoʻja koʻrsinga by Konsta
Xoʻja koʻrsinga by Konsta

Xoʻja koʻrsinga

Konsta

Download "Xoʻja koʻrsinga"

Xoʻja koʻrsinga by Konsta

Release Date
Sun Aug 03 2025
Performed by
Konsta
Produced by
Bofa
Writed by
Konsta & Bofa

Xoʻja koʻrsinga Lyrics

[«Xoʻja koʻrsinga» qoʻshigʻi matni]

[Kirish]
Damn, DupliciYo gone flex on that shit
Ukajonim, maylimikan bitta latifa aytsam?
Bu gaplarim boʻlar senga huddi motivatsiya

[Koʻplet 1]
Atrofingda gang (Gang), toʻla boʻrilar
Ular qoʻlingdagi kupyuraga moʻralar
Dunyo qarashi keng (A-a), juda zoʻr ular
Budjetga quriladi hovlilar-u soʻrilar
Oʻzbegimni tarixidan bek-u toʻralar
Hamma muammoni qildi hamma joyda oʻralab
Jonkuyar obrazida lavozim soʻralar
Lekin mansabi oshgani sari ovozi doʻrillar
Xohlagancha yeng (A-a), zamonaviy banda
Hech boʻmasa insof bilan olmas ekan olganda
Yuksak mavzularda gapirsa, manaviy fanda
Insoniylik koʻpayib qolmas ekan odamda

[Naqarot]
Xoʻja koʻrsinga, oʻtirguncha kursinga
Aytchi, yana qancha-qancha kerakdir senga? (A)
Xoʻja koʻrsinga, «shefim hursand boʻlsin»ga
Astoydil ishlidi, uyga kirsa bir sumka (A)
Xoʻja koʻrsinga, oʻtirguncha kursinga (Soqqa)
Aytchi, yana qancha-qancha kerakdir senga?
Xoʻja koʻrsinga, «shefim hursand boʻlsin»ga
Astoydil ishlidi, uyga kirsa bir sumka (Soqqa)

[Koʻplet 2]
Uygʻonadi toy bola, hayolida vatani (Soqqa)
Hayol ogʻirlik qib joyda qoladi badani (Soqqa)
Kabinetda yashaydi, nok holatida tana (Soqqa)
Vatanni sevgani uchun oladi badalin (Soqqa)
Yoshlikda orzu qilgan u superqahramon (Soqqa)
Boʻlib olomonni olib ketar utopiya tomon (Soqqa)
Dunyoni qutqarib, qarsaklarga bahramand (Soqqa)
Qarsaklar qoldi-yu, lek oʻzgarish yoʻ hamon (Soqqa)
Ukajonim, endi mana qissadan hissa (Soqqa)
Boʻri goʻsht yemidi, boʻri kassadan qissa (Soqqa)
Hafa boʻlma millionlarni qilsa dangasa (Soqqa)
Karyerani vatanparvarlik hissidan yasab

[Naqarot]
Xoʻja koʻrsinga, oʻtirguncha kursinga
Aytchi, yana qancha-qancha kerakdir senga? (A)
Xoʻja koʻrsinga, «shefim hursand boʻlsin»ga
Astoydil ishlidi, uyga kirsa bir sumka (A)
Xoʻja koʻrsinga, oʻtirguncha kursinga (Soqqa)
Aytchi, yana qancha-qancha kerakdir senga? (A)
Xoʻja koʻrsinga, «shefim hursand boʻlsin»ga
Astoydil ishlidi, uyga kirsa bir sumka

[Chiqish]
Mana shunaqa latifa
Balki kulgulimasdir, но bori shu

Xoʻja koʻrsinga Q&A

Who wrote Xoʻja koʻrsinga's ?

Xoʻja koʻrsinga was written by Konsta & Bofa.

Who produced Xoʻja koʻrsinga's ?

Xoʻja koʻrsinga was produced by Bofa.

When did Konsta release Xoʻja koʻrsinga?

Konsta released Xoʻja koʻrsinga on Sun Aug 03 2025.

Your Gateway to High-Quality MP3, FLAC and Lyrics
DownloadMP3FLAC.com