Xavotir olmang by Konsta
Xavotir olmang by Konsta

Xavotir olmang

Konsta

Download "Xavotir olmang"

Xavotir olmang by Konsta

Release Date
Fri Jan 31 2025
Performed by
Konsta
Produced by
Writed by
Konsta

Xavotir olmang Lyrics

[«Xavotir olmang» qoʻshigʻi matni]

[Naqarot]
Havotirlanmang, meni oʻylamang
Endi yosh bolamasman, oʻziz uchun yashang
Qoʻllarni duoga koʻtarganda eslang
Qolgan barchasi zoʻr, siz havotirlanmang

[Koʻplet 1]
Havotir olmang, oʻzim uchun oʻzim kuyganim yetar
Kutib uyqudan qolmang, oʻgʻlingiz konsert qoʻygani ketar
Meni kutar minglab odamlar, yangi shahar, koʻpincha toʻgʻri qilaman
Koʻp narsa bilaman, nimadir yutaman, hattoki yanglishib ham
Usti bosh endi mavzu emas
Buyumlarga toʻla uyimiz
Pul oldingidek muhim emas
Uni hisob raqamlarga qoʻyamiz
Havotirlarga oʻrin qolmadi
Quvoning bugun koʻrib omadim
Umid qilaman
Bu qiyshiq yoʻllardan oʻtguncha oʻzim ham oʻzgarib qolmadim

[Naqarot]
Havotirlanmang, meni oʻylamang
Endi yosh bolamasman, oʻziz uchun yashang
Qoʻllarni duoga koʻtarganda eslang
Qolgan barchasi zoʻr, siz havotirlanmang

[Koʻplet 2]
Esimda qanchalik koʻp umidlaringiz bor edi
Koʻp havotirlandingiz orada, tunlarim boʻlganida qoradan
Esimda qanchalik koʻp narsadan kechdiz men uchun, ta’lim olishim uchun
Men esa boshqa yoʻlni tanladim, lekin oxiri uddaladim
Esingizdami oʻsha kunlar
Zoʻrgʻa uchiga uchini ulab
Boʻlgani boʻldi, oʻrganib qoldik
Bizni sinar edi sinovlar
Esimda hammasi, kim biz bilan edi
Kimlar ketib kuchliroq qildi yanada
Ba’zi yaqinlar boʻlgandi begonadek
Kunlarni yillardek sanadim
Ishonchingiz meni qoʻlladi
Boʻm-boʻsh hamyon xuddi toʻladek
Ketib uzoqlarga dollar deb
Lekin maqsadim bor edi yoʻllarda
Men «xammasi yaxshi» deb aldadim koʻp
Havotir olmasligingiz uchun
Endi rostdan bugun hammasi zoʻr
Bu yutuqlarim bari siz uchun

[Naqarot]
Havotirlanmang, meni oʻylamang
Endi yosh bolamasman, oʻziz uchun yashang
Qoʻllarni duoga koʻtarganda eslang
Qolgan barchasi zoʻr, siz havotirlanmang
Havotirlanmang, meni oʻylamang
Endi yosh bolamasman, oʻziz uchun yashang
Qoʻllarni duoga koʻtarganda eslang
Qolgan barchasi zoʻr, siz havotirlanmang

Xavotir olmang Q&A

Who wrote Xavotir olmang's ?

Xavotir olmang was written by Konsta.

Who produced Xavotir olmang's ?

Xavotir olmang was produced by .

When did Konsta release Xavotir olmang?

Konsta released Xavotir olmang on Fri Jan 31 2025.

Your Gateway to High-Quality MP3, FLAC and Lyrics
DownloadMP3FLAC.com