[«UZʼRRR» qoʻshigʻi matni]
[Kirish: Chingiz, qarz]
«Maʼno» deydilar
Oʻzi maʼno nima?
Oq balkim qora boʻlib
Qora — oq boʻlib chiqsachi?
Maʼno — maʼnosiz boʻlib
Maʼnosiz — maʼno boʻlib chiqsachi?
Balki bizlar hozir hammamiz oʻlikdirmiz?
Ye, qarz
Ikki nol yigirma besh
Fristayl
[Koʻplet: qarz]
Yozgan asarlarim — bu oʻzbek adabiyoti
Mazza qilsam boʻlmasdimi yo soyada yotib?
Hamma oʻzi javobgar — yakunda oʻz hayoti
Shunchaki yosh avloddan boʻlaman-da xavotir
Abdulla Avloniy, Qodiriy, Fitrat, Choʻlpon
Katta qoʻy podasiga yetar kichkina choʻpon
Uzr lekin sal kesatkan boʻlsam yozib qoʻpol
Kallani ishlatma — qoʻlingga tinchkina choʻp ol
Tupurgan tupuringda soʻlakdan koʻra nos koʻp
«qarz» AWP'da urmaydi tasodifiy «no scope»
Milliy brend uchun harakatdaman goʻyo Bosco
Man aloqada: Samarqand, Toshkent, yoki Moscow
Oʻrgimchak toʻri bosgan aqling uchun supurgi
Nechi qavat changga toʻlgan bechora bu koʻngil?
Oʻzbekchilikda bo‘ladi. Asablashma, qoʻygin
Maʼnosiz kontentdan rosti oshqozonim toʻygan
Ogʻzingdan tushmaydi million-milliard soʻmlar
Profilingda toʻla har xil soxta tabassumlar
Qanday qilib koʻtarolsang haypdagi mavzular?
Paydo boʻldi «qarz» degan oʻyinchi bu mavsumda (A-a)
Koʻtarolsam koʻtarardim yonimdagilarni
Oʻzbek repida zilzila, man uchar gilamda
Koʻzimga qarab gapirsang oldingga kelardim
Ozgina aqling oʻstirish man uchun bu план'da
Yuragimda ogʻriq
Kelajakdan yoʻq umid goʻyo-ki ongim Oʻruell
Har kuni qora shanbadek, xuddi Ozzi Oʻzbroʻn
Maʼnosiz musiqadan himoya Koʻza Noʻstra
Obroʻying tasdiqlaydigan toʻrtta harf: «Boss»man
Manga rep oʻrgatmoqchi boʻlgan aqli sayoz-ku
Miyasi ishlaydigan yoʻq emas, balki bordir
Farqimiz shunda: man boshqa сорт'dan
Oramizda «border»
Aslida olib qarasang ichimda yoʻq zulmat
Barcha gaplarim hazil, koʻnglingga olib yurma
Birinchi navbatda doim boʻlar izzat-hurmat
Shunchaki ozgina kitob oʻqi, qarab turma (Ey)
[Refren: qarz]
Hammasi hazil, satira, kulgi
Mani tark etganidi bechora uyqim tungi
Hammasi hazil, satira, kulgi
Mani tark etganidi bechora uyqim tungi
[Chiqish: qarz]
Yey, qarz, pull-ap
Ikki nol yigirma besh
Fristayl
UZ’RRR was written by qarz.
UZ’RRR was produced by Suxrob Baxtiyorov.