[«Statistika» qoʻshigʻi matni]
[Kirish]
DupliciYo gone flex on that shit
[Koʻplet 1: Bofa]
Nega hammasi boʻladi qiyin?
Mingta tanish bor, narxi — bir tiyin
Hatto oshimni ham yoʻq-ku tayin
Oʻzi dunyo qiladi atayin
Omad — yolgʻon, bunga misol doʻstlarim
Balki hammasiga sababchi oʻzlari?
Boʻlmasa son, kim boʻlmasamam boʻlaman inson
Lekin
[Naqarot: Bofa]
Yaxshi inson boʻlish mistika
Ahmoqlar soni — statistika
Man doim qoʻrqaman критика'dan
Shuning uchun kiyindim бутик'dan
Doʻstlarim koʻp edi, endi qani?
Ulardan qoldi faqat raqami
Hayotda tanlovlar koʻp edi
Lekin man doim tanlaganman musiqani
[Koʻplet 2: Bofa]
Dadam hayron edi
Nega kechasiyam свет yoniq xonamda?
U счётчик koʻp pul yozishdan qoʻrqar edi
Lekin man qoʻrqardim boʻlishga xonanda
Orzu tomon, yoʻq, boʻlmaydi oson
Man Forest Gampman yoki Robinzon
Oʻzgarsa ham mani pullarim soni
E Xudo, doim qolay man inson boʻlib (Qolay man inson boʻlib)
[Naqarot: Bofa & qarz]
Omadni oʻzi bu mistika
Omadsizlik bu statistika
Man doim qoʻrqaman критика'dan
Shunga qiziqmas политика
Doʻstlarim koʻp edi, endi qani?
Manimcha yolgʻizman, endi aniq
Mantiqsizlik juda koʻp edi
Lekin man doim tanlaganman логика'ni (qarz)
[Koʻplet 3: qarz]
Oʻn beshi yorugʻ, oʻn beshi qorongʻi, Oy, Yer, umr, hayot
Yoʻlovchiga yoʻl, man esa bir manzilidan adashgan telba sayyoh
Atrofdagilar koʻzingga qarab gapirolmay ortingdan kulishga tayyor
Vaqt — oliy hakam, oʻzi koʻrsatar kimni boshida sinishi tayoq
Orqa partadan boshlangan maktab
Yurdim anglamay sumka yetaklab
Orzuli hayot shirin ertakday
Yugurdim, topganim — cheksiz yoʻlaklar
Afsus, hayotimda kerak boʻlmasa bir mavzu
Balki kiyimimga toʻgʻri kelmagandir mavsum?
Toʻgʻri, taqdir yoʻli yo baland, yo pastdir
Balki yangi kiyim hidini hatto bilmas u
Gʻamsiz bolalik, qalbimda mo’tam
Yosh oilasidan vos kechgan ota
Hammasi oʻtar, yana tong otar
Hammasi oʻtar, tezroq kun botar
Ishladim, ketdim, aldadim, sevdim
Qarib oʻttizdaman
Intildim choʻqqilar sari, endi chuqurdirman
Balki tubsizdanam
Aytmoqchi boʻlganim — statistik ma’lumotlarda oddiy omadsizman
Balki baxt toʻliq shaklda uchrab qolar yoʻlimda, yo balki qisman
Nima boʻlganda ham gʻam chekish yoʻq, toki urarkan yuragim
Atrofdigilarga omad, ular ham sayyoh yoʻlidagi
[Naqarot: Bofa]
Yaxshi inson boʻlish mistika
Ahmoqlar soni — statistika
Man doim qoʻrqaman критика'dan
Shuning uchun kiyindim бутик'dan
Doʻstlarim koʻp edi, endi qani?
Ulardan qoldi faqat raqami
Hayotda tanlovlar koʻp edi
Lekin man doim tanlaganman musiqani
Statistika was produced by Bofa.
Bofa released Statistika on Fri Jul 04 2025.