[«Sevgini izlang» qoʻshigʻi matni]
[Naqarot]
Sevgini izlang: avvalambor oʻzingizga boʻlgan
Haqiqatdan seva oladi avval oʻzini sevgan
Sevgini izlang: qiladigan ishingizga boʻlgan
Dunyoni yaxshiroq qila oladi ishini sevgan
Sevgini izlang: yoningizdagi insonga boʻlgan
Haqiqatdan baxtli odamlar aniq kimnidir sevgan
[Keyingi-naqarot]
Sevgini izlang
[Koʻplet]
Hayotimni uchdan biri izlanish
Yolgʻizlikdan soʻng eritish muzlarni
Tozalash oʻtmish qoldirgan izlarni
Tinimsiz bahs oʻzimga yuzlanib
Tanani qiynab har doim norozi
Necha bor semirib, necha bor ozib
Kerakmidi menga e’tibor oʻzi?
Muvaffaqiyatlaringga yetib bor oʻzing
Tanla ishingni, boqmidi karyera
Repperga qimmatli kiyimlar kerak
Toʻyda yurasanmi tiyinlar terib?
Nima ham topding ikki yildan beri?
Tinimsiz bahs, halovat yoʻq
Munosabatlarda har safar omad yoʻq
Oʻzimni ham, ishimni ham sevmasdan
Ishlayman-ku, lekin daromad yoʻq
Kimga kerak bunaqa omadsiz?
Pulsiz, mansabsiz, qomatsiz
Davom etar shu holat, siz bilmaysiz
Bu dunyo menga adolatsiz
Nimalardan kechib nima topdim?
Oʻzligimdan, ayt-chi, nima qopti?
Ertangi kunim koʻrinmayapti
Oʻzimni oʻzim yoʻlimni yopdim (U-u)
[Oldinaqarot]
Qaniydi, oʻtmishga qaytsam
Yoshlikdagi oʻzimga aytsam
Qabul qil oʻzingni boringni, oʻzingga ber e’tiboringni
Keyin izla doʻst-u yoringni, yigʻishtir halitdan iftixoringni
Rivojlantir iqtidoringni, imillama, qoʻlingdan keladi
Kuttirma uyingda oʻtirgan intizoringni
[Naqarot]
(Sevgini izlang) Sevgini izlang: avvalambor oʻzingizga boʻlgan
Haqiqatdan seva oladi avval oʻzini sevgan
Sevgini izlang (Sevgini izlang): avvalambor ishingizga boʻlgan
Dunyoni yaxshiroq qila oladi ishini sevgan
Sevgini izlang: yoningizdagi insonga boʻlgan
Haqiqatdan baxtli odamlar aniq kimnidir sevgan
Sevgini izlang: avvalambor o'zingizga boʻlgan
Haqiqatdan seva oladi avval oʻzini sevgan
Sevgini izlang: avvalambor ishingizga boʻlgan
Dunyoni yaxshiroq qila oladi ishini sevgan
Sevgini izlang: yoningizdagi insonga boʻlgan
Haqiqatdan baxtli odamlar aniq kimnidir sevgan
[Chiqish]
Sevgini izlang
Sevgini izlang was written by Konsta.
Sevgini izlang was produced by .
Konsta released Sevgini izlang on Fri Jan 31 2025.