[«Sengacha» qoʻshigʻi matni]
[Kirish]
Sengacha bilmadim chindan sevganmikan
Oʻtmishim bilan kurashib yengib boʻlganman
Barcha treklarim aslida senga boʻlganmi
Barcha nuqsonlaring bilgin menga mukammal (RE.M)
[Koʻplet 1]
Xar xir xolatlarda boʻldi koʻp xatolar
Yoʻlda, koʻp adolatsizlar, toʻldi koʻp qatorlar
Noʻldan toʻpda porlar yulduzlardan ham oʻtib ketguncha
Nechta boʻldi qorlar-u yozlar bu kunlarga yetguncha
Koʻp odamlarni koʻrdim-u — yuzida niqobi
Ular koʻrsatadi tanasini, ruhini emas
Koʻp narsalarni yoʻqotdim-u, seni topdim
Sengacha yoʻqotganlarim endi muhim emas
[Naqarot]
Sengacha yoʻllarim bu vaqtincha manzillar
Sengacha qoʻllarim tutdi begona dillar
Sengacha yillarim bu zerikarli yillar
Seni izlab, barchasi seni izlab
Sengacha boʻlarim boʻldi bu yovuz tillar
Koʻra olmasdan baxtingga tajovuz qilar
Sengacha yillarim bu zerikarli yillar
Seni izlab, barchasi seni izlab
[Koʻplet 2]
Sengacha ham rostakamiga kelganmi omadim?
Sengacha boʻlgan hayotdan nega hech narsa qomadi?
Uxlab qobsan yelkamda, tonggacha yelkamni omadim
Ovoz chiqarmay yozdim trekni, shirin tushlarsiz qoma deb
Shirin uyquda, uxlashda tengi yoʻq uyqichimni
U nozik juda lekin tortib olar bor kuchimni
Kutadi har kuni qachon ishimdan ortishimni
U quyoshlari bilan qiladi bahor qishimni
[Naqarot]
Sengacha yoʻllarim bu vaqtincha manzillar
Sengacha qoʻllarim tutdi begona dillar
Sengacha yillarim bu zerikarli yillar
Seni izlab, barchasi seni izlab
Sengacha boʻlarim boʻldi bu yovuz tillar
Koʻra olmasdan baxtingga tajovuz qilar
Sengacha yillarim bu zerikarli yillar
Seni izlab, barchasi seni izlab