[«Qahramonlar» qoʻshigʻi matni]
[Kirish]
RE.M
[Koʻplet 1]
Yoshlikda qahramonlar kinoda
Shunaqa boʻla olarmikan odam?
Плащ'i hilpirab uchar samoda
Ular bizni asraydi balodan
Mushaklari koʻrinardi toshdek
Menimcha dadamdan ham kuchli
Koʻzidan nur sochardi quyoshdek
Yuta olmaydi xatto Bryus Li
Kattaroq boʻlib izladim ularni
Kinolardagi qahramonlarni
Ularga yordam bersam boʻlardi
Men bilardim koʻplab yomonlarni
Izladim плащ taqqanlarni
Savlatli, gavdalilar ichidan (Koʻrdim)
Koʻrdim juda kattalarni
Hech kim kuchlimas u darajada
Osmonda ham uchmadi kimdir
Koʻzlardan ham olov chiqmadi
Demak qoldi ular yoshligimda
Balki bordir qandaydir hikmati
(Hayot xuddi yoʻqotdi rangini)
(Axir qahramonlarsiz qiyin)
Bir xil kunlar, boʻlmaydi yangilik
Kerak qahramonlar sizgayam
Atrofda oddiy odamlar toʻla
Bajarardi har kuni bir xil ishni
Ular toza qiladi-ku yoʻlim
Men bilaman faqat kir qilishni
Oddiygina kiyimlarda ular
Ba'zan halat, ba'zida uniforma
Aslida chin qahramonlar-ku shular
Shuncha yillar yashadim shuni koʻrmay
Belini ayamay sovuqlarda
Ishlaydi qilmasdan kinoya
(Ular yurmasa ham sovutlarda)
Bizni har kun qiladi himoya
Bildim dadamni charchagan qoʻllari
Qaytdagi Van Dam'nikidanam zoʻrroq
Yaxshilab koʻrsam hayotda toʻla rang
Va kerak emas buning uchun Zorro
[Oldinaqarot]
Qahramonlar yonginamizda
Har kuni qilishadi bir xil ishni
Ayamay tun-u tongini bizdan
Ulardan oʻrgan sabr qilishni
(Qahramonlar плащ kiymas ekan)
(Ular kuchli emas paxlavondek)
(Bu oddiy odamlar oddiymas ekan)
(Ular chinakam qahramonlar)
[Naqarot]
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Qahramonlar — otalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Shu qahramonlar — onalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Bizga berib qanotini, bagʻishlab hayotini
Asli qahramonlar — oʻshalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Qahramonlar — otalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Qahramonlar — onalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Bizga berib qanotini, bagʻishlab hayotini
Asli qahramonlar — oʻshalar!
[Koʻplet 2]
Ular oʻz ishini qiladi katta pullar kutmay
Ularni ishlari koʻrinmaydi, toʻplamaydi layk
Oʻz burchini oʻylab oʻzini hecham oʻylamaydilar
Ular haqida qoʻshiqlar ham juda kam aytilar
Ular tinmay ishlaydi oilasini asrash uchun xavfdan (Asrash uchun xavfdan)
Ular tinmay ishlaydi oberaman deb kitob-daftar (Farzandlariga)
Ular uyim-joyim deb olti kun ishlaydi har hafta (Koʻchada)
Ular sovuq qotadi oilasi qolmasin deb zahda
Hammasi yaxshi deya, qolmasa ham идея
Oʻzini katta deb, qiladi (Jim ishini)
Kichkina-kattagayam doim xizmatda
Keyin biladi, baxt ungayam bir kun qaytishini
Zor emas maqtovgayam, achinmas vaqtigayam
Yoʻli aniq uni, yuz foiz shu ayon
Bu zamon, shu chinakam qahramon
Axir kino emas — bu hayot
[Oldinaqarot]
Qahramonlar yonginamizda
Har kuni qilishadi bir xil ishni
Ayamay tun-u tongini bizdan
Ulardan oʻrgan sabr qilishni
Qahramonlar плащ kiymas ekan
Ular kuchli emas paxlavondek
Bu oddiy odamlar oddiymas ekan
Ular chinakam qahramonlar
[Naqarot]
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Qahramonlar — otalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ, qahramonlar — onalar!)
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Bizga berib qanotini, bagʻishlab hayotini
Asli qahramonlar — oʻshalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Qahramonlar — otalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Qahramonlar — onalar!
(Oʻ-oʻ-oʻ-oʻ) Bizga berib qanotini, bagʻishlab hayotini
Asli qahramonlar — oʻshalar!
Qahramonlar was written by Konsta.
Qahramonlar was produced by .
Konsta released Qahramonlar on Wed Oct 09 2024.