[«oqmi qora» qoʻshigʻi matni]
[Koʻplet 1]
Toʻlganda koʻzlar changga
Kulrang bu kunlar rangi
Yashashim yomon emas
Lekin tepadan tashlasa toʻrt tanga
Yaxshi boʻlib ketar-da balki
Lekin negadir yuzing gʻamgin
Bor-yoʻgʻing orzu-havas
Uzatganingda oyogʻing koʻrpangga
Kechki payt ishga qaytyotganingda koʻzing oldiga kelsa dengiz
Metro vagoni toʻlqinlar uzra suzayotgan bir kemaga tengi
Barin sotib olganingda qaytimi kerakmas, va hattoki «chek»siz
Himmating cheksiz, lek bu dunyo oʻtkinchi sensiz ham
[Naqarot]
Kunlar oqmi, qora? Yoki yoʻqligidan najot yoʻqmi chora? (Ayt)
Rejissyor xatosimi film oxirida qolsa bir bechora? (Ayt)
Kunlar oqmi, qora? Yoki yoʻqligidan najot yoʻqmi chora? (Ayt)
Yo aktyor xatosimi film oxirida qolsa bir bechora? (Ayt)
[Koʻplet 2]
Serial koʻrayotgandek berilib ketgan ekanman
Kecha gul tergan odam bugun kezib yurgan tikanlar gʻoyo
Izlaganlanmi kecha oʻtkanlar dunyo?
Oramizdagi toʻlqinlar bu kimyo
Qoʻysangchi doʻstim
Odamlarga ishonch bu yeqilishni yana bir ustuni
Qoyib bersang bu qassoblar-ku shilsaydi poʻstimni
Koʻp koʻrdim-u, kam gapirsam bu kam-u koʻstimni? (Ayt)
Ezar taqdir tegirmoni ayamay
Hammasi yurakdan, atrofimdagi choʻl — Mayami
Qalbigdagi chuqurlar koʻp azob berar, bilaman
Malham topolmasang, aytgin, man yamay
Koʻp ma’no berib, boshingni qotirmay
Essiz oʻtgan umrimga avvalo oʻzim qotilman
Bir kun kelib «Vijdon» degan qolib ketsa sotilmay
Demak hayot bekor oʻtmadi, doʻstim, boʻl xotirgam