Oʻzbekiston Davlat madhiyasi Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishgandan soʻng, 1992-yil 10-dekabrda Oʻzbekiston Konstitutsiyasi tomonidan rasman qabul qilingan. Madhiya soʻzlarini oʻzbek shoiri Abdulla Oripov yozgan, uning kuyini esa oʻzbekistonlik sovet bastakor Mutal Burhonov bastalagan.
Oʻzbeki...
[Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni]
[Koʻplet 1]
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon! Mehribon
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
[Naqarot]
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
[Koʻplet 2]
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot! Zoʻr qanot
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
[Naqarot]
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi (Uzbekistan’s National Anthem) was written by Abdulla Oripov & Mutal Burhonov.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi (Uzbekistan’s National Anthem) was produced by .
Abdulla Oripov released Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi (Uzbekistan’s National Anthem) on Thu Dec 10 1992.