[«Havo» qoʻshigʻi matni]
[Naqarot]
Shu kunlarda ololmayapman toʻyib nafas
Negadir bu shahar men uchun goʻyo qafas
Uylar quriladi, hammada hoy-u havas
Lekin tabiatimizni ishlari joyidamas
Shu kunlarda ololmayapman toʻyib nafas
Gapirsam, oʻrtoqlarim deydi menga: «Qoʻy, indama»
Boshqalar: «Biz bilmimiz, bu bizni boʻyindamas»
Koʻzingni och-chi, inson, biz oʻyindamas
[Koʻplet]
Hamma narsa kerak tez va tayyori
Ba’zilar maqsad yoʻlida bez va ayyor-u
Bu uylardan markazgacha tezda va yorugʻ
Inson nafsidan bezdi sayyora
Koʻchalarni koʻpi changa botdi
Oq boʻlgan narsalar kulranga oʻtdi
Insof shunchali arzon narsa boʻp ketti-ki
Izlab koʻrish kere, topilar Yangiobodda
Yurib qoyasilar-u Teslada, lekin
Katta daraxtlar kesiladi nega?
Chiroyli yangi binolarni koʻrganda
Kimdir bugun shuni esladimikin?
Tabiatni bugun oʻyladi kim?
Qachon olganimiz qaytib qoyilar ekan?
Insonga yana kerak-ku, toʻymadi, kam
Hafa boʻlmasayam boʻsin toy-u-maraka
Hey, oʻz oyogʻiga bolta urgan inson
Insofni nonushtaga tuxum bilan qovurgan inson
Oʻz tabiatini oʻzi koʻkka sovurgan inson
Butun dunyo tushundi-ku, sen qachon oʻrganasan?
«Kelajak» demiman, keyingi yilni oʻylab koʻr
Tassavur qil, bundan sal yomonroq boʻlsa
Shu ketishda hammasi rasvo boʻlishi turgan gap-ku
Bugun ekishdan koʻra chopishni oʻrgangan koʻp
[Naqarot]
Shu kunlarda ololmayapman toʻyib nafas
Negadir bu shahar men uchun goʻyo qafas
Uylar quriladi, hammada hoy-u havas
Lekin tabiatimizni ishlari joyidamas
Shu kunlarda olomayapman toʻyib nafas
Ey, inson, zarakunandalikni qoʻyib tur, bas
Shu kunlarda olomayapman toʻyib nafas
Shu kunlarda olomayapman toʻyib nafas