[«Gulistonim» qoʻshigʻi matni]
[Koʻplet 1]
Ba’zan charchaganda meni chaqiradi baza
Yoʻlga otlanaman, ishlarimni boshqa kunlarga oʻtkazib
Koʻngildan oʻtmay qolganida hazil
Onam bilan bittadan чашка кофе — bu pazl
Faqat ish bilan, pul bilan butun boʻlmaydi
Xohlagancha inkor et, sogʻinchni yutib boʻlmaydi
Sumkada kerakli narsalar: pul, mayda
Bir soat, qiriq минут yoʻl, шопир kulmaydi
Yoʻlda olaman patir, ayamga u yoqadi
Koʻngil isishni boshliydi, mayda narsalarda qadr
Шопир begona emas, U biladi
Qancha yoʻl bosib oʻtilgan
Axir bu kunlarga yetgancha
Qancha yoʻqotishlar boʻldi
Yoʻq boʻp ketgancha
Jim ketamiz Gulistonga yetgancha
[Naqarot]
Meni Gulistonim
Oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostonam
Meni Gulistonim
Oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
Meni Gulistonim
Birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
Meni Gulistonim (Meni)
Meni Gulistonim
[Koʻplet 2]
Men izladim uzoq, izlarim uzun yoʻl
Yozaman deb музон, izladim oʻzimni
Topaman deb sevgim, muzladi bu koʻngil
Topdim-u, lekin bu imkoniyatim soʻnggi
Men shu yerda topdim deb oʻylagan edim doʻstlar
Har kuni barma bar yurib, aytilardi тост'lar
Keyin esa boshlanadi ogʻir ishlar oyi
Doʻstlar yoʻqolib qoldi, yoʻqolganda sharoit
Qoʻlimda togʻora, somsa sotishga harakat
Oldin shu koʻchani yarimi oʻzimga qaragan
Kompyuterxona admini haydaydi tashqariga
Kecha sevimli mijoz, endi qaragin
Koʻcha hamma oʻzimniki, begona yoʻq
Bu kunlar ham menga ja ogʻir kelgani yoʻq
Bir kuni past, bir kuni baland boʻlar ekan yoʻl
Просто qizlarga salom desam, salom degani yoʻq
[Naqarot]
Meni Gulistonim
Oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostonam
Meni Gulistonim
Oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
Meni Gulistonim
Birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
Meni Gulistonim (Meni)
Meni Gulistonim
[Koʻplet 3]
Odamlar shoshadi kichkina muammolari bilan
Lekin issiq suvsiz choʻmilishni bari bilar
Mirzachoʻlni Guliston qilgan gullari bular
Chiroyli odamlari va salkam harobalar
Bu koʻchani nomi «Asfalt koʻcha» haligacha
Tekis yoʻllar yetib kelmadi bu mahallagacha
Esimni taniganimdan beri shu ahvol
Oʻzgarishlar yoʻq va koʻrinmidi hali yechim
[Naqarot]
Meni Gulistonim
Oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostonam
Meni Gulistonim
Oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
Meni Gulistonim
Birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
Meni Gulistonim (Meni)
Meni Gulistonim
Gulistonim was written by Konsta.
Gulistonim was produced by .
Konsta released Gulistonim on Fri Jan 31 2025.