[«Aytishlaricha» qoʻshigʻi matni]
[Kirish: Shokir]
[?] eshitdik, oʻzimizam koʻrdik, «Shu avgust-sentabrgachoʻv shu nima qib turinglar. Bu tilinglarni, shu, qanday qilib tishlaringni tishlarga qoʻyib turinglar, undan keyin yaxshi boʻb ketadi hamma yo»
Gao, fire it up
Ey
[Naqarot: Shokir]
Tashvish koʻp yuragimda, stop
Yoʻllarim oftob, peshonam ham shoʻr (Peshonam ham shoʻr)
Bu kunlar oʻtadi aytishlaricha (Okey)
Yaxshi boʻp ketadi aytishlaricha
Yoʻq, ishonmayman koʻp gaplarizga
Zoʻr ishontirsez ham (Ishontirsez ham)
Bu kunlar oʻtmaydi aytishlaricha (Okey)
Yaxshi boʻp ketmaydi aytishlaricha (Aha)
[Koʻplet 1: Shokir]
Aytishlaricha, bulut — havo
Зонт olish bugun boʻladi ayni muddao
Osmonda yana mishmishlar, yana har balo
Lekin shu osmonga uchishga kerak talon (A-a)
Har xil gʻoyalar, yana zina poyalar (Albatta)
Kimda ish qaynar, kimda salqin soyalar
Kimdir butun umr joy topishi bilan band
Lekin kimdir shu joyni tekinga olar
Okey, okey, I get it; yetkazganiga shukur (Albatta)
Belim boylanganda qattiq botmaydi tugun
Nima boʻlishiga qaramay olgʻa qadam
Chunki esimdan chimaydi ishlaganim tun-u kun
Arzon kiyimlarga yoʻq tanam (Aslo)
Qimmat kiyim olishga oʻrgandim rostdanam (Aha)
Darajani tushuntirmayman deb berdim vaʼda
Man oʻzim epladim, ana endi bos sanam (Bos)
Aytishlaricha, bu dunyo qolar bizdanam
Rejamizda reels, dardimiz — donat (Donat)
Duoda onam: ishlaring yursin, bolam
Choʻntaging boʻsh boʻlsa — ushla qaddingni baland
[Naqarot: Shokir]
Tashvish koʻp yuragimda, stop
Yoʻllarim oftob, peshonam ham shoʻr (Peshonam ham shoʻr)
Bu kunlar oʻtadi aytishlaricha (Okey)
Yaxshi boʻp ketadi aytishlaricha
[Koʻplet 2: qarz, Shokir]
Oʻylashimcha yoz issiq kelishi aniq (Aniq)
Halovat topolmaysan xatto soyada
Oʻzi shundogʻam yonib turibdi badanim
Tunlari tinch qoʻymaydi har xil gʻoyalar
Biznesmen boʻlsam, tagimda Mers boʻlsa (Okey)
Bitcoin oʻylagandanimdan ham tez oʻsar
Vaqtimiz-ku kam oʻzi ukam — tez boʻl sal
Bu yil boy boʻlishimiz shart — daswussap (I-i-i-i-i)
Muzlatgichimni ochib yopganim bilan toʻlmaydi-ku ichi
Ochlik, mani kechir (A-a)
Faqatgina orzu-havas bilan yurolmaysan-ku uchib (Ну)
Boylik negadir jim
Ming xil maslahatlar
Biroz harakat qil yoki nafsing' qatla
Asabimga tekkan tussiz nasihatlar
Bino baland boʻlishi mumkin — «qarz» bu pastki qatlam
Agar koʻnglingga yoʻl toʻsib qoʻyilgan boʻlsa — oʻt, asta xatlab
Bizni musiqa bu hali egasiga yetib bormagan essiz xatlar
Yangi oʻzbek repida negadir xaliyam eski shartlar (Ye, ye, ye)
Eski vaqtlar
[Naqarot: qarz, Shokir]
Tashvish koʻp yuragimda, stop
Yoʻllarim oftob, peshonam ham shoʻr (Peshonam ham shoʻr)
Bu kunlar oʻtadi aytishlaricha
Yaxshi boʻp ketadi aytishlaricha
Yoʻq, ishonmayman koʻp gaplarizga
Zoʻr ishontirsez ham
Bu kunlar oʻtmaydi aytishlaricha
Yaxshi boʻp ketmaydi aytishlaricha
Aytishlaricha was produced by GAOBEATZ.
Shokir released Aytishlaricha on Wed Jun 25 2025.