The music player is only available for users with at least 1,000 points.

Download "Akam"

Akam by Ulug'bek Rahmatullaev

Akam Lyrics

Olovlarni olov demasdan
Otashlarni mushtlagan akam
Mening uchun hechdan qo'rqmasdan
O'tni qo'lda ushlagan akam

Ilm olsin, odam bo'lsin deb
Umrin ishga sarflagan akam
Ukam yo'lin ravon bo'lsin deb
Yo'limdan tikan yulgan akam

Qadri baland, mehribon akam
Ishonganim, qalqonim akam
Himoyachim, o'git berguvchi
Akalikda otamdek akam

Har deganda kamim to'ldirib
Mening uchun yugurgan akam
O'zi sovuq yerda o'tirib
Soyamga joy to'shagan akam

Allohimning nazari tushgan
Akalarning naqshisiz, akam
Menga bag'rin ochib ko'rishgan
Mingta do'stdan yaxshisiz, akam

Ilm olsin, odam bo'lsin deb
Umrin ishga sarflagan akam
Ukam yo'lin ravon bo'lsin deb
Yo'limdan tikan yulgan akam

Qadri baland, mehribon akam
Ishonganim, qalqonim akam
Himoyachim, o'git berguvchi
Akalikda otamdek akam

Your Gateway to High-Quality MP3, FLAC and Lyrics
DownloadMP3FLAC.com